Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ta’lim muassasi vakillari o‘z takliflarini berdi

07.07.2022, 17:04

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ta’lim muassasi vakillari o‘z takliflarini berdi

Guliston shahar Yuridik texnikumida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Konstitutsiyaviy islohotlar – davr talabi” mavzusida  davra suhbati tashkil qilindi. Unda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzulmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri X.Jabborov Konstitutsiyaviy islohotlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini yanada mukammal ta’minlanishi borasida so‘zladi.

Shundan so‘ng, Yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari Sanjar Axmedov Konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘z yuritib, unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan holda bo‘layotganini, bugun taraqqiy etib borayotgan zamonda Konstitutsiyaning isloh qilinishi, uni yanada mukammallashtirish davr talabi ekanligini alohida ta’kidladi.

So‘ngida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan tushgan takliflar yozib olindi.

  • Ko'rildi
    229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+