Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi

08.07.2022, 15:43

Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali binosida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga fuqarolarning takliflari hamda fikr-mulohazalarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining professor-o‘qituvchilari, partiya Sirdaryo viloyat va Yangiyer shahar Kengashi vakillari, yoshlar hamda partiya faollari ishtirok etdilar.

Tadbirni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Zafar Xakimov o‘z kirish so‘zida joriy yil 20 iyun kuni Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvida ilgari surilgan to‘rtta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha takliflari mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazdi.

Tadbirda O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Husan Jabborov so‘zga chiqib yig‘ilganlarga “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, barcha ishtirokchilarni ushbu siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyada xalqimiz xoxish-irodasi va maqsadlarini to‘liq aks ettirayotgani hamda u “Inson qadri” tamoyiliga asoslanishi qayd etib o‘tildi.

Tadbirda so‘z olgan filialning Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Dilrabo Samatova amaldagi Qomusimizning 41-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimchalardan biri - “Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi” degan bandi mamlakatimizda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga va raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Yakunda O`zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi apparat rahbari Normurod Babaxanov partiyaning maqsad va vazifalari hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    467
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+