Konstitutsiya – huquq, erkinlik, burch va mas’uliyat
13.07.2022, 17:30
O`zLiDeP Tayloq tuman Kengashi tashabusi bilan tuman hokimligida “Konstitutsiya – huquq, erkinlik, burch va mas’uliyat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda O`zLiDeP Tayloq tuman Kengashi mas’ul xodimlari, tuman MFY faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda so‘z olgan O’zLiDeP Tayloq tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Akmal Mirzoyev Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamalarida yoshlarning o‘rni borasida alohida to‘xtaldi.
O’zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari borar ekan mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, uni ro‘yobga chiqarish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatiga shart-sharoitlar yaratilayotganligi e’tirof etildi.
So‘nggi yillarda inson qadrini ulug‘lash, “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimlari o‘zining ijobiy samarasini berdi.
Bu esa xalqimizning, yoshlarimizning orzu niyatlari, istak va iqtidorlarini ro‘yobga chiqishiga xizmat qilmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan yoshlar vakillari takomillashtirilayotgan Konstitutsiyada yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning o‘qishi, mehnat qilishi, bilim olishi va qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha sharoitlarni yaratish dolzarb masala etib belgilanayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlashdi.
Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilarning mavzu doirasidagi savollariga tadbir tashkilotchilari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Nasiba Mo‘minova,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring