Takliflarning aksariyati ma’muriy-hududiy masalaga oid

28.07.2022, 16:20

Takliflarning aksariyati ma’muriy-hududiy masalaga oid

Bugunga qadar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Unda xalqimizdan kelib tushayotgan takliflar ekspert, mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yangi tahrirdagi matni takomillashtirilayapti.

Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p takliflar loyihaning 1, 13, 41, 90, 93, 99, 100, 101 va 102-moddalari bo‘yicha kelib tushmoqda. Ularning sohalar kesimidagi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, eng ko‘p takliflar ma’muriy-hududiy masalalar, davlat boshqaruvi sohasi, inson huquqlari yo‘nalishi, ta’lim sohasi va mahalliy davlat hokimiyati sohalariga oid moddalarga tegishli.

Bu esa fuqarolarimizning mazkur jarayonga befarq qaramayotganidan dalolatdir. Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Surxon sohili" mahallasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda ham yig‘ilganlar ayrim moddalardagi o‘zgarishlar bo‘yicha takliflarini aytishdi. Unda O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Alisher Ro‘ziyev loyiha mazmun-mohiyati xususida so‘zlab berdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    358
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+