Gurlanda chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

11.08.2022, 17:55

Gurlanda chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

O'zLiDeP Xorzm viloyat kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlik guruhi a’zolari ishtirokida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqiyot strategiyasidagi 32-maqsadda belgilangan “Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish sohasi hajmini 1,5-2 barovar ko‘paytirish” masalasi yuzasidan Gurlan tumani miqyosida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Chorvachilik va ayniqsa qoramolchilikni rivojlantirishga respublikada har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida sohani rivojlantirish tendensiyasi yanada tezlashdi. Gurlan tumanida ham  chorvachilikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, chorva mollari bosh sonini kupaytirish va mahsuldorligini oshirish, chorvachilik sohasida yangi istiqbolli loyihalarni ko‘paytirish va moliyalashtirish, tez yetiluvchan yangi zotlarning ko‘paytirish orqali mahalliy bozorlarni ta’minlab borish, aholi xonadonlarida boqilayotgan chorva mollarigacha sun’iy urug‘lantirishni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa bunda chorvachillikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining xizmati ahamiyatga sazavor.

Partiya vakillari o‘rganish olib borgan tumandagi “Mardon, Kamron Jo‘shqin” fermer ho‘jaligi ham o‘z faoliyatini 2019 yilda 30 ta naslli qoramollar bilan boshlagan. Go‘sht va sut yo‘shnalishida boqilayotgan nasldor qoramollar soni bugungi kunda 80 tadan oshiqni tashkil etadi. 30 gektar fermer xo‘jalikka qarashli  yer maydonida chorva mollari uchun beda, makkajo‘xori va bug‘doy kabi ekinlar yetishtirilib, qoramollar uchun silos va yem xashak tayyorlanadi.  Sut yo‘nalishidagi sigirlardan kuniga 200 litirgacha sut olinib, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib beriladi. Go‘sht yo‘nalishida boqilayotgan buzoqlar 2 yilda 1 tonna tosh bosishini inobatga olsak, bozorlarni go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashda ham anchagina imkoniyatlar yaratilishini anglash mumkin.

Partiya vakillari fermer xo‘jaligi vakillari bilan muloqotlar davomida chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida mavjud muammolar va kelajakdagi rejalar bilan qiziqdilar. Yildan yilga naslli mollarni mahalliy sharoitda ko‘paytirish bilan birga ularni ozuqa, yem xashak bilan ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holdi mazkur fermer xo‘jaligini chorva mollari uchun ozuqa yetishtiradigan qo‘shimcha yerlar bilan ta’minlash zarurligi hamda sutni qayta ishlash va bug‘doyni gidroponika usulida undirib undan qoramollar uchun ozuqa tayyorlash bo‘yicha yangi innavsion loyihalarni hayotga tadbiq etishda kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam zarurligini bildirdilar. Partiya va tumandagi  O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari mazkur masalalarda tegishli mutasddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fermer ho‘jaligiga amaliy yordam berishga kelishib olindi.

Umid Bazarbayev,

O'zLiDeP Gurlan tuman Kengashi raisi,

 Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    285
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+