Tadbirkorlik ob’ektida master-klass o‘tkazildi

12.08.2022, 16:21

Tadbirkorlik ob’ektida master-klass o‘tkazildi

O`zLiDeP Uzun tuman Kengashi tomonidan tumandagi «Mehnat» mahallasida “O`zLiDeP va mahalla hamkorligi – tadbirkorlikni rivojlantirish omili” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda partiyaning Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan 71-maqsadda belgilangan vazifalar doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shundan so‘ng, tadbir doirasida ishtirokchilarga mahalladagi hunarmand va tadbirkorlarning faoliyati tanishtirildi. Xususan, ushbu hududda 2019 yildan beri faoliyat olib borayotgan Hasan Sheraliyevning «Burger siti» deb nomlangan yemakxonasiga tashrif buyurildi. Ayni paytda bu yerda 4 nafar yosh ish bilan ta’minlangan bo‘lib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Hasan Sheraliyev tadbir ishtirokchilariga tadbirkorlik ko‘nikmalari yuzasidan o‘z sir-asrorlarini, tajribalarini ham o‘rtoqlashdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+