Yozyovonlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
19.08.2022, 14:53
O`zLiDeP Yozyovon tuman kengashi tomonidan "Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti" forumi "Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida o‘tkazildi.
Deputatlik guruhi, mutasaddi tashkilot rahbarlari tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda 30 nafardan ziyod fuqarolar tadbirkorlik ishlarida yuzaga kelayotgan muammolar, yangi loyiha va takliflari bilan qatnashdilar.
Xususan, asalarichilik, chorvachilikni rivojlantirish, kredit to‘lovini undirish, xizmat ko‘rsatish uchun joy, tadbirkorlik uchun kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratish, soliq to‘lovlarida yengillik yaratish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratish kabi turli yo‘nalishlarda murojaatlar yo‘llashdi.
Qabulda har-bir murojaatlar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilot rahbarlariga yo‘naltirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring