Mustaqillik bayrami arafasida mahalla ko‘chalari obod bo‘lmoqda

25.08.2022, 16:54

Mustaqillik bayrami arafasida mahalla ko‘chalari obod bo‘lmoqda

O’zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi O’zbekiston mustaqilligining  31 yilligini munosib kutib olish, istiqlol davrida erishayotgan yutuqlarimizni yana bir bor sarhisob qilib, el- yurtimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! g‘oyasi asosida “Mustaqillik tufayli mulkdor bo‘ldim” mavzusida “SHERBEK MUSTAXKAM BETON” ma’sulyati cheklangan jamiyati qoshidagi  boshlang‘ich partiya tashkilotida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Tadbirkor, partiya faoli Murodullayev O’lmas tomonidan 500 millionli eni to‘rt metrlik metal konstruksiyali  ichki ko‘chalarda beton yo‘llar qurish uskunasi olib kelinib yangi 12 ish o‘rin yaratildi.

Hozirgi kunda Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha 2022 yil “Obod mahalla” dasturi doirasida mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar)ni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur dastur doirasida shahrimizning “Oq Oltin” mahallasidagi 2.0 km ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash va sementobeton qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan.

Bugun ushbu mahallaning Muqanna ko‘chasida pudratchi-quruvchi tashkilot tomonidan sementobeton qoplamasi yotqizish ishlari boshlandi. Mazkur ishlar zamonaviy beton quyish uskunalari yordamida amalga oshirilmoqda.

N.Artikov,

O'zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    448
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+