Ishchi guruh a’zolari: havo, suv, tuprog‘imiz salbiy ta’sirdan ishonchli himoyalanadi

30.08.2022, 16:01

Ishchi guruh a’zolari: havo, suv, tuprog‘imiz salbiy ta’sirdan ishonchli himoyalanadi

Aholi turmush darajasining o‘sishi, albatta, tovarlar, xizmatlar iste’molini ham oshiradi. Iste’molning ko‘payishi esa, o‘z navbatida chiqindilar hajmi ortishiga olib keladi. Xalq farovonligi uzluksiz oshayotgan mamlakatimizda ham ana shunday jarayon kuzatilyapti. E’tiborlisi, davlatimiz, hukumatimiz bu masalani ham oqilona hal qilishga,  tegishli tizimlarni takomillashtirishga intilyapti.

 Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda  amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining 79-maqsadi 288-bandida ekologik talablarga javob bermaydigan maishiy chiqindi poligonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq-ravshan vazifalar belgilangan.

Dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borish bo‘yicha partiyamizda tuzilgan tegishli ishchi guruh ana shu masala muhokama qilingan davra suhbati o‘tkazdi. Deputatlar, partiya faollari, ekologik masalalar bilan shug‘ullanuvchi NNT vakillari qatnashgan tadbirda ishchi guruh rahbari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Baxitbay Aldamuratov bu borada bajarilayotgan ishlarning zarurati va ahmiyati to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chiqindilar bilan ishlash sohasidagi faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Umid Xolmatov, Aziz Alimov yig‘ilganlarga belgilangan vazifalar ijrosi, kutilayotgan ijobiy natijalar  to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Xususan, Prezidentimizning “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” joriy yil 11 avgustdagi farmoni va qarori   chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish, sanitar-tozalash korxonalarini yanada qo‘llab-quvvatlash va sohaga davlat-xususiy sheriklik joriy etilishini kengaytirishga xizmat qilishini ham qayd etdilar. Demak, zamin, suv, havo zararli ta’sirotlardan xoli bo‘ldai.

Qo‘mita vakillari ishchi guruh a’zolari – deputatlar, mutaxassislarning savollariga javob qaytardilar.  

Tadbir ishtirokchilari tegishli vazifalar bajarilishi, ishlar holatini yuqori baholadilar.

  B.Isroilov,

ishchi guruh a’zosi

  • Ko'rildi
    192
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+