Deputatlar boshqarib kelayotgan korxonada Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun amaliy trening tashkil etildi
30.08.2022, 16:03
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar boshqarib kelayotgan “Art Soft Holding” kompaniyasi ishlab chiqarish korxonasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik va xunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan amaliy trening tashkil etildi.
Yoshlar korxonaning momiq sochiq ishlab chiqarish faoliyati batafsil tanishishdi. Korxona mutaxassilari tomonidan ularga kompaniya misolida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va uni samarali faoliyat olib borishini ta’minlash yo‘nalishlari amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.
Yoshlarning bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi, ularning aksariyatida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini va tikuvchilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi, - deydi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali rahbari Ilxomjon Nabidjanov. Albatta yoshlarimiz uchun korxonada tashkil etilgan amaliy trening ularning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun izlanish va xarakatda bo‘lishlarini o‘rgatdi.
Albatta, bu kabi amaliy tadbirlar yoshlarga kasbga bo‘lgan qiziqlashlarini uyg‘otish bilan birga, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring