Ishchi guruh: korxona qoshida partiyaning quyi bo‘g‘ini tuzilib, 50 nafar a’zolar qabul qilindi

07.10.2022, 10:14

Ishchi guruh: korxona qoshida partiyaning quyi bo‘g‘ini tuzilib, 50 nafar a’zolar qabul qilindi

Boshlang‘ich partiya tashkiloti partiyaning tayanch nuqtasi. Mana shu bo‘g‘inni jonlantirish butun siyosiy maydonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Agar uning faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yilsa, kamchiliklar bor bo‘yi bilan yuz ochaveradi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan hududlarga biriktirilgan ishchi guruh vakillari o‘rganish ishlarini ayni quyi bo‘g‘inlardan boshlagani ham bejiz emas, albatta.

Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari partiya Paxtaobod tuman Kengashida davom etdi. Hududiy Kengash tasarrufida 50 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. 30 ta quyi bo‘g‘inning faoliyati namunali, tajribasi o‘rgangudek. Ayni kunga qadar a’zolik badallari o‘z vaqtida to‘langan, albatta, bunda BPTlar faoliyatining samaradorligi muhim. Partiya Paxtaobod tuman Kengashi uchun belgilangan reja foizi ortig‘i bilan bajarilib kelingan.

-Oldimizdagi birinchi vazifa faoliyati qoniqarli bo‘lmagan 20 ta boshlang‘ich partiya tashkilotini jonlantirishdir, - deydi O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari Xasanboy Tilaboldiyev . –Bugungi davra suhbatida kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib oldik. Takliflar asosida quyi bo‘g‘inlardagi faoliyatni yanada jonlantirishga ko‘maklashamiz.

Ishchi guruhi vakillari partiya Paxtaobod tuman kengashi tomonidan “Baxt-Tekstil Andijon” MChJda tashkillashtirilgan “Tadbirkorlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida ishtirok etib, xodimlar bilan yuzma- yuz muloqot o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida partiya xodimlari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda partiyaning o‘rni xususida yig‘ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida mazkur korxona qoshida partiyaning quyi bo‘g‘ini tuzilib, 50 nafar a’zolariga guvohnomalar topshirildi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    338
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+