Deputatlik eshituvi: Urgutning 3 ta bank rahbarlari hisobot berdi
13.10.2022, 10:09
Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi uchta bank rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Dastlab, yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan “Xalq banki” AT Urgut tuman filiali boshqaruvchisi F.Murodovning hisoboti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida jami 1032 nafar jismoniy shaxsga va 20 ta iqtisodiyotning real sektorida faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jami 19 mlrd. 306 mln.so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Natijada 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 1072 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Yig‘ilishda “Agrobank” ATB Urgut filiali tomonidan joriy yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan bank rahbari O.Azimurodovning hisoboti tinglandi.
Qayd etildiki, 2022 yilning o‘tgan oyi davomida jami 861 nafar jismoniy shaxslarga 16 mlrd 695 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
“Milliy banki” TIF Urgut filiali boshqaruvchisi Q.Umarovning qayd etishicha bugungi kunda yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish hisobiga tumanda ishlab chiqarish sohasida umumiy qiymati 8 mlrd. 615.0 mln.so‘mlik kredit mablag‘lari ajratib berilgan.
Deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi va deputatlar tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida takliflar bildirildi.
Nodir To‘rayev,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring