Kichik biznesmenlar iqtisodiyotning lokomotiv bo‘g‘ini

15.10.2022, 10:55

Kichik biznesmenlar iqtisodiyotning lokomotiv bo‘g‘ini

Bugun kichik biznes vakillari davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Sababi katta tadbirkorlikka ham aynan kichik biznesni riqojlantirish orqali erishiladi. Shu ma’noda kichik biznes vakillari iqtisodiyotning lokomotivi sanaladi.

Termiz shahar Majnuntol mahallasi “Yoshlar mehnat guzari”da joylashgan “SURXON OSHPAZI” mas’uliyati cheklangan jamiyatida aynan shu mavzuga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakili X.Umirov ishtirok etib, bugun kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan ishlar, imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Bu borada O’zLiDeP ham tadbirkorlarga, ayniqsa, o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan yoshlarga amaliy ko‘mak berayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyati non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda 60 nafar kishini ish bilan ta’minlab kelmoqda. MChJ rahbari Olim Saparov korxonada non mahsulotlarini pishirish jarayoni hamda ishchilarga berilayotgan yordam haqida so‘zlab berdi.

Darvoqe, korxona yaqinda “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan, boquvchisini yo‘qotgan, 3 nafar farzandi bor Shahriniso Sanginovaga uy-joy olish uchun 18 mln.so‘m boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berishda amaliy yordam berdi. Hozirda Sh.Sanginova ushbu korxonada ishlab, mehnat qilmoqda.

Tadbir nihoyasida partiya safiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan MChJ rahbari Olim Saparov hamda 27 nafar ishchi-xodimlariga partiya a’zolik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi va yangi BPT ochildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+