Deputat tumandagi qishloq ayollarini tabrikladi
15.10.2022, 11:12
Ma’lumki, har yili 15 oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni butun dunyoda keng nishonlanadi.
Ayniqsa, qishloq ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faolligi ortib borayotgani jamiyatda ularning mehnati nechog‘li qadrli va ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tamara Palvaniyazova ham o‘zi saylangan xududda 15 oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni bayrami munosabati bilan hududdagi qishloq xo‘jaligi sohasining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat yo‘llari bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.
Xalq vakili T.Palvaniyazova gender tengligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar mamlakatimiz hayotining barcha sohalari, jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojida ayollar ulushining ortishiga zamin yaratayotganini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan bir guruh qishloq ayollariga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar tarqatildi va konsert dasturi bilan davom etdi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring