Bilimdon, faol va tashkilotchi talabalar kadrlar zaxirasiga olindi
15.10.2022, 11:48
O'zLiDeP Namangan viloyat va shahar kengashlari hamkorligida Namangan Muhandislik Texnologiya institutida talabalar ishtirokida "Yangi avlod kadrlari"loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Unda partiya Namangan shahar kengashi apparati rahbari, deputat Sohiba Gaffarova partiya tashkil topganligining 19 yilligi, o‘tgan davr mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, mahalliy kengashlarga o‘tkaztilgan saylovlarda erishilgan natijalar, elektorat manfaatlariga oid qonun va qarorlar qabul qilinishida deputatlarning ishtiroki, yosh kadrlar zaxirasining shakllantirilishi va buning ahamiyati haqida tushuncha berdi.
Partiya viloyat Kengashi mas’ul xodimi Komiljon Fayziyev esa jahondagi, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitida imzolangan shartnoma va bitimlarning tarixiy ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
"Art-soft xolding” kompaniya direktori Qobiljon Dadaboyev korxonada paxta xom ashyosini yetishtirishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarish, uni eksport qilish jarayonlari va bunda kadrlarning o‘rni va mas’uliyati haqida tushuncha berdi. Shuningdek, talabalarni korxonaga tashrif buyurishga, jarayonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi, oliygohda olayotgan bilimlarini amaliyot bilan qo‘shib olib borishga chaqirdi.
Jonli tarzda tashkillangan bu muloqot talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi. Eng bilimdon, faol talabalardan 12 nafari partiya safiga a’zolikka va 2 nafari yangi avlod kadrlari zaxirasiga olinadigan bo‘ldi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring