Mahallalar qoshida “O’zLiDeP faoli – islohotlar targ‘ibotchisi” klubi tashkil etilmoqda
24.10.2022, 15:40
O’zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tumandagi “OzLiDeP ayollari – Yangi O’zbekiston bunyodkori!” loyihasi doirasida “Muazzimboy” MFYda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputatlar, mahalla faol ayollari va partiya faollari ishtirok etdilar.
-O’tgan yildan buyon har bir mahalla qoshida “O’zLiDeP faoli -islohotlar targ‘ibotchisi!” klubini tashkil etishni boshlaganmiz, - deydi Feruzaxon Mirzaraximova. - Klub orqali O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning faoliyatini ommalashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni hamda partiyaning dasturiy, g‘oyaviy maqsad va vazifalarini aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda har bir mahalla qoshida mahalla faollari, tadbirkor, fermer, ishbilarmon xotin-qizlarni partiya safiga jalb etish orqali partiyamiz tarafdorlari safini yanada kengaytirish, partiyaning istiqbolli zahira kadrlarni tayyorlash, aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali fuqarolarning turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida ishlar olib borilmoqda. Bugungi tadbirda mazkur loyiha asosida mahalla faol xotin-qizlari bilan hamkorlikda tizimli ish tashkil qilish borasida fikrlarimizni ham o‘rtoqlashdik.
Davra suhbati davomida qatnashchilarning mavzu doirasidagi takliflari o‘rtaga tashlandi va “Muazzimboy” mahalla fuqarolar yig‘inida “O’zLiDeP faoli – islohotlar targ‘ibotchisi” klubi tashkil etildi. 7 nafar ayollarni birlashtirgan mazkur klubga Xoshimova Omadoy rais etib saylandi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring