Partiya hududiy kengashlari o‘tgan davrdagi faoliyatini sarhisob qilmoqda
15.11.2022, 14:36
O‘zLiDeP Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 19 yilligi munosabati bilan “O‘zLiDeP bilan yuksalish sari” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etdi.
Tadbirda uzoq yillardan beri partiya bilan hamorlik qilib kelayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiyaning faxriylar kengashi a’zolari va yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.
– 2010 yildan buyon O‘zLiDeP a’zosiman, – deydi “Yagona sharq zamini” xususiy korxonasi qoshidagi BPT rahbari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Iftixor Jo‘rayev. – O’tgan davr mobaynida partiya ko‘magida salmoqli natijalarga erishdik. Shu bois, tobora yaqinlashib kelayotgan partiyamizning 19 yillik bayrami munosabati bilan barcha maslakdoshlarimizni tabriklayman. Bayram hammamizga muborak bo‘lsin, azizlar!
Tadbir davomida Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar hamda partiyamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan faollarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari ulashildi.
Tadbir kuy-qo‘shiqlar bilan haqiqiy bayramona tus oldi. Bayram tadbirlari viloyatimizning boshqa tuman va shaharlarida davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring