Sirdaryolik yosh fermerlar “O‘zekspomarkaz”da 26 mln so‘mlik shartnoma imzolashdi

26.03.2018, 18:28

Sirdaryolik yosh fermerlar “O‘zekspomarkaz”da 26 mln so‘mlik shartnoma imzolashdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda O’zLiDeP viloyat Kengashi hamkorligida viloyatda faoliyat yuritayotgan yosh fermerlar uchun “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligi-Agro World Uzbekistan-2018” xalqaro ko‘rgazmasiga “Biznessayohat” uyushtirildi.

Ko‘rgazma doirasida yosh fermerlarimiz Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Latviya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya kabi 20 ga yaqin davlatning 100 dan ortiq kompaniya hamda mahalliy qishloq xo‘jaligi korxonalarining ko‘rgazmalarini tomosha qilish barobarida sohaga doir eng yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

–Mamlakatimizda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, sohalariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Yosh fermer-2017” Respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi, Guliston tumanidagi “Sarvinoz Sobirjonovna fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari Sarvinoz Shokirova. – Davlatimiz rahbarining  “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ko‘rgazma davomida yosh fermerlarimizdan S.Shokirova, Mirzaobod tumanidagi “Sattorqul avlodi” fermer xo‘jaligi rahbiri J.Islomov hamda “Maxmud qizi Maftuna orzusi” fermer xo‘jaligi rahbari M.Mamajonovalar OOO “UZBIOGAZ” biogaz uskuna ishlab chiqaruvchi mahalliy korxona bilan jami 26 mln so‘mlik shartnoma imzolashdi.

Davron KARIMQULOV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1725
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+