Partiya hududiy kengashlar faoliyati tanqidiy muhokama qilinmoqda

28.11.2022, 17:20

Partiya hududiy kengashlar faoliyati tanqidiy muhokama qilinmoqda

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirova, partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi ishchi guruh vakili Sardorbek Maripov, partiya viloyat Kengashi apparat xodimlari, tuman va shahar kengashlari mas’ullari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga qo‘yilgan ilk masala yuzasidan O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova so‘z olib, yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar mazmun-mohiyati bilan yig‘ilganlarni atroflicha tanishtirdi. Partiya Andijon viloyat Kengashi faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga katta mas’uliyat va jiddiy tashabbus bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.

-Ta’kidlash kerak, bugun partiya viloyat Kengashi tomonidan o‘tgan davrda qilingan ishlar, barcha vazifalar, chora-tadbirlar ko‘lami, avvalo, davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi” hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat Dasturida belgilangan ustuvor vazifalar asosida tashkil etilgan, xalqimiz, saylovchilar manfaatlari uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan, - deydi O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sardorbek Maripov. -  Ushbu tizimda kadrlar bilan ishlash, partiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish va malakasini oshirish, safimizni bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish masalasi har doim eng ustuvor vazifalardan bo‘lib kelgan va hisobot davrida ham ushbu yo‘nalishda ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Albatta, yutuqlar o‘zimizniki. Havolanmaslik kerak. Oldimizda turgan mavjud kamchiliklarga tezkor va izchil rejalar asosida yechim topish zarur.

Muhokamalarda partiya deputatlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, aholi muammolari bilan ishlash tizimini faollashtirish, boshlang‘ich partiya va deputatlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Xojimuxammad Xasanxonov,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+