Deputat saylovchilarning murojaatini o‘z nazoratiga oldi

30.11.2022, 11:50

Deputat  saylovchilarning murojaatini o‘z nazoratiga oldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova Baxmal va G’allorol tumanlarida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Dastlab, G’allorol va Baxmal tumanida  mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va hamkor tashkilot vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ayni paytda yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, shuningdek, Yangi Mehnat kodeksi haqida so‘z yuritildi.

Tadbirdan so‘ng xalq noibi ishtirokida G’allorol va Baxmal tumanlaridagi xalq qabulxonalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholi murojaatlari o‘rganib chiqildi. Hamkor tashkilotlar  vakillari bilan birgalikda o‘rganib chiqilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, 4 ta murojaat bevosita deputatlik nazoratiga olindi.

  • Ko'rildi
    135
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+