O‘zLiDeP: 2016 yilga aniq vazifalar belgilab olindi

24.05.2016, 20:06

O‘zLiDeP: 2016 yilga aniq vazifalar belgilab olindi

2016 yil 22 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi mamlakatimizni rivojlantirishning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi muhim hujjatlardan bo‘lib, O‘zLiDeP elektoratining orzu-umidlari va manfaatlariga hamohangdir. Shu sababli partiya tomonidan O‘zLiDeP faollari va deputatlik korpusini jalb etgan holda davlatimiz rahbari ma’ruzasini, birinchi navbatda boshlang‘ich partiya tashkilotlarida chuqur o‘rganishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 

Majlisda mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshdi, ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortig‘i mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yuksak natijalarini berayotganidan dalolatdir.

Shu munosabat bilan joylardagi barcha partiya tuzilmalari, O‘zLiDeP fraksiyasi va deputatlik korpusining 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ro‘yobga chiqarish borasidagi vazifalarini belgilash kun tartibidagi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bu O‘zLiDePning barcha a’zolari, ayniqsa deputatlik korpusidan partiya faoliyatidagi kundalik vazifalarni bajarishga mas’uliyat bilan yondashish, bu jarayonda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatishni talab qiladi.

- Davlatimiz rahbari tomonidan bayon etilgan 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish bu vazifalar butun xalqimiz, shu jumladan O‘zLiDeP elektorati uchun strategik ahamiyatga egaligini ko‘rsatmoqda, - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuxrat Sharofiddinov. - O‘zLiDeP saylovoldi Dasturida qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda bu boradagi boshqa muhim vazifalarni bajarishga qaratilgan qonunlarning so‘zsiz ijro etilishi ustidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish vazifasi belgilangan. O‘zLiDeP, partiya deputatlik korpusi ushbu sohadagi qonunchilikning so‘zsiz ijro etilishi, jumladan davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyilining ro‘yobga chiqarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishga katta ahamiyat qaratadi. 

Parlament nazorati xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini va ularning bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarini noqonuniy to‘xtatish, ularning hisob raqamlarida mablag‘ borligi to‘g‘risidagi ma’lumotni asossiz talab qilish, tadbirkorlarni mablag‘ ajratish bilan bog‘liq xayriya ishlari va boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilish kabi holatlar uchun ham taalluqlidir. Partiya deputatlik korpusi parlament tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar amalda ro‘yobga chiqishi uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga soladi. Bu esa O‘zLiDeP elektoratining manfaatlariga to‘liq javob beradi.”

Majlisda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizni yangilash va isloh etish, iqtisodiyotni barqaror sur’atlarda rivojlantirish ham uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlash borasida miqyosi va ahamiyati jihatdan ulkan ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalarning so‘zsiz bajarilishi Vatanimizning bo‘lajak yutuqlariga ishonchli zamin bo‘lib xizmat qiladi.

- Mamlakatimiz bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan, dunyo bozorlarida talabning keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko‘pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda rivojlanmoqda, – deydi O‘zLiDeP faoli Suxrob Akobirov.

O‘zLiDeP bunday sharoitda boy mineral xomashyo va o‘simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirish ishlariga tadbirkor va ishbilarmonlarni jalb qilishni yanada kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaydi. Ishonamizki, tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning kengayishi eksport hajmlarini yuqori va barqaror sur’atlarda oshirib borish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida joriy yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7,8 foizdan iborat bo‘lishini ta’minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko‘rsatish hajmini 17,4 foizga ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi. Iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investitsiyalar yo‘naltirish, ularning o‘sish sur’atini 109,3 foizga yetkazish belgilandi. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foiz ko‘pdir.

 O‘zLiDeP 2016 yilga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 164 ta yirik investitsiya loyihasini ishga tushirishga imkon beradigan Investitsiya dasturini amalga oshirishga sanoat va umuman iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning eng muhim vositasi sifatida qaraydi. Partiya mansabdor shaxslarning, ular qaysi idoraga tegishli bo‘lmasin, zamon talabiga javob beradigan texnika va texnologiyalarni olib kelish hamda o‘rnatish uchun ma’suliyatini oshirish tarafdori.

Umuman olganda tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotda, avvalo sanoat va qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va manfaatlarini himoya qilish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash masalalari O‘zLiDePning diqqat markazida bo‘lishi lozim. 

Tadbir yakunida mamlakatimiz qutlug‘ 25 yilligi keng nishonlanadigan 2016 yilga katta maqsad va rejalar bilan qadam qo‘ygani alohida ta’kidlandi. Shu sababli 2016 yil shu qutlug‘ sanaga munosib yil bo‘lishiga hissa qo‘shish - O‘zLiDeP faollari, elektorat vakillari, O’zbekiston fuqarolari uchun sharafli vazifa ekanligi qayd etildi. Barcha partiya faollari davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishi lozimligi alohida e’tirof etildi.

Qo‘shma majlisda partiya faoliyatiga bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1640
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тимур2019-11-13 17:16:56

какое чудо?


Боймуродов Улуғбек O'zLiDeP Косон туман Кенгаши апарат раҳабари 2018-05-29 15:57:52

Янги иш ўринлари яратиб аҳоли бандлигини таъминлаш дунё ҳамжамияти олдида турган долзарб вазифалардан бири ҳисобланади. Шу сабабли мамлакатимиз раҳбари томонидан бу борада олиб борилаётган ислоҳотлар жуда юқори баҳоланмоқда. Иш ўринлари яратиш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва рақобатбардош маҳсулотлар ишлаб чиқариш орқали аҳолининг реал даромадлари ортиб, фаровон ҳаёт даражасини таъминланади. Пировард натижада Ўзбекистонимизнинг минтақадаги барқарор позицияси мустаҳкамланиб боради.


Г. Қулмўминова O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-05-24 17:36:58

Муҳтарам Юртбошимиз томонидан амалга оширЯхши ишнинг купи булмайди .Канча куп иш уринлари яратилса ахоли бандлиги таъминланади .Демак халкимизда хонадонлар тинчлиги баркарорлиги ошади.Юртимиз самарадорлиги юкори даражаларга кутарилади.илаётган бунда амалий ишлар халқимизнинг эртанги кунга бўлган ишончини ошириб, уларда яхши яшаш учун интилиш ва изланиши кучайиб бормоқда.


Юлдаш Маткаримов O‘zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-24 13:07:36

Канча кўп иш ўрни яратилса, одамлар шунчалар рози бўлади Андижон вилояти мамлакатимизнинг иқтисодий салоҳияти юқори, бой тарих ва маданиятга эга ҳудудларидан бири ҳисобланади. Республикамизда барча соҳаларда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар вилоят ижтимоий-иқтисодий ҳаёти, шаҳар ва қишлоқларининг кун сайин ўзгариб, обод бўлиб бораётгани, аҳоли турмуш фаровонлиги юксалаётганида ҳам ўз аксини топмоқда.


O’zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Олим Норжигитов2018-05-24 12:10:50

Муҳтарам Юртбошимиз томонидан амалга оширилаётган бунда амалий ишлар халқимизнинг эртанги кунга бўлган ишончини ошириб, уларда яхши яшаш учун интилиш ва изланиши кучайиб бормоқда.


Вохидова Азиза Хасановна "Кармана туман Фермерлар кенгаши" номли БПТ раиси2018-05-24 11:23:14

Мухтарам Призидентимиз Шавкат Миромонивичнинг Андижонга ташрифлари ишчи ўринлари яратишда қилаётган саъй-харакатлари юртбошимизнинг оқилона олиб бораётган сиёсатларининг яна бир мисолидир.Албатта бўш иш ўринлари долзарб муаммодир аммо тадбиқ қилинаётган чора тадбирлар бу муаммонинг хам ечимини топишига ишонаман.


Даврон Темиров. O'zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-24 09:49:22

Юртимизда бандлик масаласини ҳал қилиш, ҳар кимни муқим иш жойи билан таъминлаш ўша оилани фаровонлигини, юртимизни тинчлигини таъминлайди. Шунинг учун кўпроқ иш ўринларини яратиш учун қилинаётган саъй-ҳаракатлар Президентимиз илгари сураётган сиёсатнинг бош мақсади бўлган инсон манфаатлари учун хизмат қилиши аёндир.Ана шу ишонч туфайли бугун одамларимизнинг ҳаётга, янгиланишларга муносабати ўзгарган, уларда изланиш кучайиб бормоқда. Президентимиз айтганларидек бу ишончни йўқотмаслигимиз учун рақамлар ортидан қувишни эмас, аҳоли турмуш сифатини янада яхшилаш учун курашишимиз керак.


O'zLiDeP ТЕрмиз шахар Кенгаши апарат раҳабари Ойтуганов Абдухамид2018-05-23 17:56:22

Бу саъй-ҳаракатлар Президентимиз илгари сураётган сиёсатнинг бош мақсади бўлган инсон манфаатлари учун хизмат қилиши аёндир.Юртобошимизнинг янги иш ўринларининг яратилиши юртдошларимизга чинакам қувонч олиб келганига аминмиз.Барча Андижонлик юртдошларимизга янги иш фаоилиятида зафарлар тилаб қоламиз.


Махмудов Жавлон ЎзЛиДеП Юқори Чирчиқ туман бўлими, депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-05-23 12:03:23

Ўзим қишлоқда ўсиб-улғайганим сабабли қишлоқ шароитини яхши биламан. Ёзда сув қишда газ, йўл муаммоси. Президентимизнинг қабул қилаётган ҳар бир қарори асосида халқ манфаати ётади. Жойлардаги ташрифлари чоғида ҳам энг аввал аҳоли турмуш даражасини яхшилашни ўйлайдилар.Бу эса ҳар фуқарода эртанги кунга ишонч уйғотади.


Махмудов Жавлон зЛиДеП Нурота туман бўлими, депутатлик гуруҳи ижрочи котиби 2018-05-23 12:01:28

Ўзим қишлоқда ўсиб-улғайганим сабабли қишлоқ шароитини яхши биламан. Ёзда сув қишда газ, йўл муаммоси. Президентимизнинг қабул қилаётган ҳар бир қарори асосида халқ манфаати ётади. Жойлардаги ташрифлари чоғида ҳам энг аввал аҳоли турмуш даражасини яхшилашни ўйлайдилар.Бу эса ҳар фуқарода эртанги кунга ишонч уйғотади.


Fikringizni qoldiring

+