Nogironligi bor insonlar doimiy e’tiborda
02.12.2022, 15:08
Har yili 3 dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni keng nishonlanib kelinadi.
Andijon viloyatida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.
3 dekabr – Nogironlar kuni munosabati bilan Andijon davlat universitetida viloyat Tibbiy- ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi va siyosiy partiyalar, qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj aholiga mehr-muruvvat ko‘rsatish barchamizning burchimizdir!” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy va xayriya tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova boshchiligida partiya viloyat kengashi apparat xodimlari ham ishtirok etib tadbirga taklif etilgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga turli esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli bo‘lib kelgan. Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan. Xalqimizga xos bag‘ri kengligi, mehribonlikdan beixtiyor faxr-iftixor tuyasan kishi. Mehrni hamma narsadan ustun qo‘ygani bois, o‘zbek nomi, millat sha’ni yuksalib kelayotir. Bugun kechagidan-da ko‘proq oqibatli bo‘laylik. Zero, insondan mehru muhabbat, odamiylik qolgusidir.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring