Konstitutsiya - adolat ko‘zgusi
06.12.2022, 11:14
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - adolat ko‘zgusi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Akshagul To‘leganova hamda Zafar Xudoyberdiyev, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Umid Muxammedov, partiya xodimlari, institut rahbariyati, o‘qituvchi-professorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar, amaldagi Bosh qomusimiz mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati bo‘lib kelayotganligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oila qurish, yashash joyiga ega bo‘lish hamda o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratilishi huquqiy ifodasini topgan.
Hozirgi vaqtda yurtimizda aholining oltmish foizidan ortig‘ini tashkil etayotgan navqiron avlod uchun davlat tomonidan keng qamrovli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
"Yosh avlodning sog‘lom bo‘lib o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda", deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akshagul To‘leganova.
Tadbir Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.
So‘ngra, “Konstitutsiya - adolat ko‘zgusi” mavzusida yoshlar tomonidan tayyorlagan devoriy gazetalarning eng namunalilari tanlanib, partiya tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring