Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati

07.12.2022, 15:14

Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Namangan shahrida joylashgan 15-sonli umum ta’lim maktabida “Konstitutsiyam mening faxrim” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiyaning Namangan viloyat Kengashi raisi Solixon Mo‘minov so‘zga chiqib, bu yil asosiy Qonunimizning 30 yilligi tantanalari konstitutsiyaviy islohot jarayonlari bilan uyg‘unlik va hamohanglik kasb etishi, partiya faollari, deputatlar Asosiy qonunni takomillashtirish yuzasidan aniq, asosli takliflarni ilgari surayotganliklari ham ularning o‘z zimmalaridagi mas’uliyatni, fuqarolik burchini teran anglayotganliklaridan darak berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbatida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

Suhbat yakunida maktab kutubxonasi uchun Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” nomli kitobi sovg‘a qilindi.

  • Ko'rildi
    288
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+