Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati

07.12.2022, 15:16

Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati

Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Bosh Qomusining qabul qilinganiga ham 30 yil to‘ldi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining quyi tashkilotlarida ham mazkur shonli sana katta quvonch bilan keng nishonlanmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri partiya Bekobod shahridagi “O’zmetkombinat” AJdagi boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan korxonaning Texnogen chiqindilarni qayta ishlash sexida tashkil etildi.

“Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati!” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan partiya faollari davlatimiz Asosiy Qonunining inson huquq va erkinliklari kafolatlangan hujjat bo‘lib sahnaga chiqqani, jahon mamlakatlari tarixidagi eng mukammal Konstitutsiyalardan biri ekanini alohida qayd etishdi.

Inson qadrini yuksaltirish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va konstitutsiyaviy islohotlarning bari eng avvalo inson va uning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.

Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish barobarida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirilayotgani xususida fikr yuritishdi.

O’tgan 30 yil mobaynida Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini sharhlab berishdi. Partiya ham Konstitutsiyani isloh etish, uni insonga xizmat qilishi, Yangi O’zbekistonning mustahkam huquqiy tayanchi bo‘lishi ustida ish olib borayotgani e’tirof etildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    2716
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+