Konstitutsiya baxtimiz poydevori

07.12.2022, 17:28

Konstitutsiya baxtimiz poydevori

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va  xalqimiz erishgan ulkan yutuqlarga yana bir bor nazar tashlar ekanmiz, mazkur yutuqlarning fundamental asosi va huquqiy negizini asosiy Qomusimiz tashkil etishini ko‘rish mumkin. Inson hayotda baxtli yashash uchun intiladi. Bunga esa  adolat va qonun ustuvor jamiyatdagina erishish mumkin. Har bir fuqaroni hayotdan rozi qilish yo‘lidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi farovon hayotning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Konstitutsiya qabul qilinganligining 30 yillik bayrami keng nishonlanmoqda.

 Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babaxanov, G’iyosiddin Babaxanov va Qobiljon Dadabayevlar tashabbusi bilan saylov okrugida joylashgan 1-sonli DIMI va 56-sonli umumta’lim maktablarida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.  

- Shu kunga qadar mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa uning haqiqatan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanidan dalolat beradi, - deydi 1-sonli DIMI direktori A.Abdurahmanov.

Tadbirlarda Bosh Qomusimizni qabul qilinishi tarixi, Konstitutsiyaning moddalari mazmun-mohiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari tarzida keng yoritib berildi. Iste’dodli yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar deputatlarning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

  • Ko'rildi
    4749
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+