Sho‘manoy tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 10 tonna ko‘mir bepul tarqatildi
14.12.2022, 12:24
Ayni paytda sovuq ob-havo tufayli aholining moddiy ehtiyoji ortadi. Shu bois yordamga muhtoj xonadonlarni aniqlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish mas’ullar oldidagi birlamchi vazifadir.
Bu borada O’zLiDeP deputatlari va faollaridan tarkib topgan ishchi guruh joylarga chiqqan holda bu yilgi qish mavsumini betalofat o‘tkazib olish, bu borada aholi xonadonlarini isitish tizimi bilan muntazam ta’minlab turish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va aholiga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov boshchiligidagi partiya faollari va deputatlar Shumanay tumanidagi "Ketenler", "Dehqonobod", "Aybuyir" mahallalarida bo‘lib, fuqarolar holidan xabar olindi. Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi, aholi xonadonlarini isitish uchun 10 tonna ko‘mir bepul tarqatildi.
Respublika bo‘ylab partiya faollarining bu boradagi xayr-saxovat ishlari davom etmoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring