O'zLiDeP deputati aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rgandi

07.01.2023, 11:50

O'zLiDeP deputati aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev Namangan viloyati Norin tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Deputat dastlab tumandagi Do‘stlik, Bo‘z o‘lmas, Navoiy, Yaydoq, Katta yaydoq, O’zbekiston, Katta oqtovliq va Sirmoq mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi yuzma-yuz muloqot qildi.

Ochiq, do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvlarda Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

O’z navbatida, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni tinglab, mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda ularni joyiga chiqib o‘rgandi. Xususan, 1-kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan uchrashuvlarda "Sirmoq" mahallasi fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etildi.

Aholini o‘ylantirib kelayotgan va yechimi uzoq vaqt talab etadigan ayrim masalalar nazoratiga olindi.

  • Ko'rildi
    160
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+