Partiya hududiy kengashlari va deputatlar Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga mas’ulligini his qilmoqda

07.01.2023, 14:49

Partiya hududiy kengashlari va deputatlar Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga mas’ulligini his qilmoqda

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat, shahar, tuman kengashlari apparat rahbarlari, bo‘lim mudirlari, deputatlar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Orifjon Maxmudov qisqacha kirish so‘zi bilan ochdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Zafar Xudoyberdiyev Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, unda belgilab berilgan oltita ustuvor yunalish haqida so‘z yuritdi. Xususan, iqtisodiyotga bozor mexanizmlarini joriy etish, mahalliy va xorijiy investitsiyalardan foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida to‘xtaldi. Tumanlarni toifalarga ajratilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilgani va buning samarasini misollar bilan tahlil qilib berdi.

Partiya faoli Komiljon Fayziyev esa 2023 yilga "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb nom berilganiga e’tiborni qaratdi. Keyingi olti yilning ichida 90 mingta uy-joy qurilgani, 2022 yilda 2 millionta ehtiyojmand oilalarga 11 trillion so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatilgani, xususan, Namangan viloyatida tadbirkorlik, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgani, davlatimiz rahbari Murojaatnomada bunga alohida e’tibor qaratganliklari, Namangan shahrini ma’muriy-hududiy birlik sifatida respublikaga bo‘ysinuvi taklifi ilgari surilgani aytildi.

Yig‘ilishda partiya kengashlari, deputatlar va boshlang‘ich tashkilotlar  tomonidan Murojaatnomani keng targ‘ib qilish yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+