Deputat saylovchilarning muammolarini o‘z nazoratiga oldi

07.01.2023, 14:55

Deputat saylovchilarning muammolarini o‘z nazoratiga oldi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib,  saylovchilar bilan uchrashmoqdalar. Muloqotlar davomida deputatlar tomonidan Prezidentimizning Parlamentga  va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish bilan bir qatorda, aholi murojaatlari, joylarda faoliyat olib borayotgan ta’lim, tibbiyot va boshqa muassasalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova saylovchilar bilan uchrashuvlar   davomida G’allaorol tumanidagi, endilikda bir vazirlikka jamlangan 5 – maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 44-umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ikkala ta’lim muasasasida ham ayni paytda qo‘shimcha binolar qurilmoqda. Tanishuv jarayonida qurilish ishlarining sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xalq noibi tumandagi Do‘stlik, Samarqand, Mulkush fuqarolar yig‘inlarida ham saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Muloqot davomida ko‘pchilikni tashvishga solib kelayotgan muammolar yuzasidan aholi tomonidan qilingan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi. Aholi tomonidan qilingan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olindi.

Ma’ruf Saidov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati  yordamchisi

  • Ko'rildi
    314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+