Yoshlar parlamenti saylovining birinchi bosqich yakunlandi
06.02.2023, 17:19
Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkazilayotgan saylovlar qizg‘in pallaga kirdi.
Uch bosqichda o‘tishi belgilangan bu galgi saylovlarning 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Ikki hafta mobaynida viloyatning dastlabki bosqichi tuman-shaharlar bo‘ylab nizomda belgilangan shaklda, tegishli tartibda nomzodlarning hujjatlari qabul qilindi va partiya mas’ullari hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan eng munosiblari saralab olinib, keyingi bosqichga yo‘llanmalar berilmoqda.
Hazorasp tumanida ham mazkur saylovning birinchi bosqichi yakunlanib, eng iqtidorli yoshlar saralab olindi. Ularga viloyat bosqichida qatnashishlari uchun yo‘llanma berildi.
Yoshlar parlamentiga saylangan yoshlar kelgusida mamlakatimiz yoshlarining haq-huquqlarini himoya qilishga qaratiladigan amaldagi va yangi qonunlarni yanada takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shishlari bilan birga partiyamiz g‘oyalarini keng targ‘ib qiladilar.
Nasiba Vaisova,
O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi
Jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring