Ehtiyojmandlar uchun jarrohlik amaliyoti bepul o‘tkaziladi

07.02.2023, 10:18

Ehtiyojmandlar uchun jarrohlik amaliyoti bepul o‘tkaziladi

Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyilini inobatga olib, so‘nggi yillarda xalqimiz salomatligini muhofaza qilish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2022 yil 18 mart kuni tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti hamda mazkur sohaga doir o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida zamonaviy davolash amaliyotlarini tatbiq qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida Oliy Majlis Senati a’zosi, “ANAMED” xususiy diagnostika markazi direktori, O'zLiDeP faoli Nosirbek Abdullaxonov tashabbusi bilan ozarbayjonlik taniqli urolog-jarroh, transplantolog, tibbiyot fanlari doktori Rashad Sholan ishtirokida viloyatdagi sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.  

Ma’lumot o‘rnida, urolog-jarroh, transplantolog, olim Rashad Sholan Ozarbayjonda laparoskopik urologiyani joriy etish asoschilaridan biri bo‘lib, u Amerika urologlar assotsiatsiyasi va Yevropa urologlar assotsiatsiyasining tadqiqotchi a’zosi, “Buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha mutaxassislar assotsiatsiyasi” boshqaruvi raisi hisoblanadi. Qolaversa, Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi, Markaziy neftchilar kasalxonasining urologiya bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda esa Ozarbayjonda Respublika davolash-diagnostika markazining buyrak kasalliklari va transplantologiya bo‘limi mudiri vazifasida ish olib bormoqda. O‘quv davomida transplantatsiya sohasidagi ilg‘or bilim hamda tajribalarini o‘zbekistonlik shifokorlar bilan o‘rtoqlashdi.  

Mazkur tadbirni tashkil etishdan maqsad Ozarbayjon davlatida bir guruh mahalliy shifokorlar malakasini oshirib, Namanganda tibbiyot sohasini tubdan rivojlantirishga qaratilgan. Uchrashuv davomida viloyat hokimligining amaliy ko‘magi hamda senator va tadbirkor homiyligida aholiga xayriya aksiyalari o‘tkazilishi belgilandi. O‘zaro hamkorlik natijasida, shu paytgacha o‘zimizda qo‘l urilmagan murakkab urologik jarrohlik amaliyotlari tashkil etiladi. Ya’ni, ehtiyojmand, moddiy yordamga muhtoj, maxsus ijtimoiy daftarlarda turuvchi oilalarning qiynalgan bemor vakillarida 10 ta tibbiy operatsiya o‘tkaziladi. Bunday xayrli va savobli ish Navro‘z bayrami arafasida bajariladi.

 

  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+