Yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishida keksa-nuroniylarning o‘rni alohida ahamiyatga ega

02.03.2023, 17:24

Yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishida keksa-nuroniylarning o‘rni alohida ahamiyatga ega

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi qoshidagi viloyat Faxriylar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Taraqqiyot strategiyasining joriy yilgi "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Muhokamalar jarayonida mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ayniqsa, yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishida keksa-nuroniylarning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek yig‘ilishda deputatlar, mahalla va nuroniylar hamkorligi asosida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan xabar olish, keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jaxongir Xo‘jamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    232
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+