Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati mahalla ahliga tushuntirildi

24.03.2023, 16:12

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati mahalla ahliga tushuntirildi

O'zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi tomonidan Guliston MFY, Abdukarim shaharchasida yashovchi fuqarolar ishtirokida “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” deb nomlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, mahalla oqsoqollari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yig‘ilganlarga referendum tushunchasi haqida batafsil ma’lumotlar  berilib,  Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jumladan,  Qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni Konstitutsiya qariyb 65 foizga yangilangani, amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilgani ta’kidlab o‘tildi.

Deputat va mutaxassislar  ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob qaytarar ekanlar, Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan o‘rin olgan ko‘plab yangi modda va normalarga batafsil izoh va tushuntirishlar berib o‘tishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar barcha g‘allaorolliklarni referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.

Jamshid Mamarasulov,

O'zLiDeP G’allaorol  tuman Kengashi  

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    222
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+