Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda

27.03.2023, 14:28

Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda

Uychi tuman madaniyat markazida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tashviqotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.  

Unda  Senat a’zosi, Qonunchilik  palatasi deputati, viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, MFYlar raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar qatnashdilar.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi deputati Barno Mirzamova yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, yangi normalar, qonunlar va qonunosti hujjatlarning jamiyatimiz, shu jumladan, har bir insonga qay darajada muhimligi haqida atroflicha tushuntirib o‘tdi.

Xususan, Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda. Masalan, 2 million 200 ming ehtiyojmand oilalar davlatdan moddiy yordam olishini kafolatlaydi. Bu jami oilalarning 25 foiziga to‘g‘ri keladi, ularga har yili 11 trillion so‘m ajratiladi.

Ilk marotaba davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda.

Tadbirda so‘z olganlar barchani yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun birlashishga, buning uchun esa referendumda faol qatnashishga chaqirdi.

  • Ko'rildi
    145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+