Konstitutsiyada har kim mehnati uchun adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda

27.03.2023, 14:29

Konstitutsiyada har kim mehnati uchun adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda

Termiz shahar hokimligida “Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari!” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardayev keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi va yangilanayotgan Konstitutsiyadagi eng asosiy o‘zgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Ta’kidlandiki, Konstitutsiyada har kimning mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda. Mazkur normaning Konstitutsiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishini ta’minlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi ham mustahkamlanmoqda.

Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag‘batlantirishi qayd qilinmoqda.

Bu yangi norma ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldi olishga yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko‘rilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    154
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+