Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayotining mustahkam huquqiy asosidir

30.03.2023, 12:05

Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayotining mustahkam huquqiy asosidir

Bugun xalqimiz  muhim siyosiy jarayon arafasida turibdi. Butun mamlakatimizda bo‘lganidek Buxoro viloyatida ham ushbu muhim siyosiy jarayon bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

Mahalliy Kengash deputatlari bilan bir qatorda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham joylarda turli sohalar hamda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ular orasida keng tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Parlament quyi palatasi deputati Madina Baratova tomonidan Kogon shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuv qatnashchilari-ta’lim  tashkilotlari rahbarlari hamda  mutaxasislari va  mahalla faollariga  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan  referendum yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi.

Deputat Referendumni o‘tkazish tartib-qoidalarini tushuntirish bilan birga Konstitutsiya loyihasida o‘z ifodasini topgan yangi modda va normalar xususida ham batafsil so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek,  yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni nazarda tutadi. Yangilanayotgan Bosh Qomusimiz  fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuv davomida ijtimoiy soha xodimlari Konstitutsiyamiz sharofati tufayli yurtimizning ertangi kunidan ko‘ngillari to‘q ekanliklarini, bu muhim hujjat yurtdoshlarimiz farzandlarining sog‘lom va barkamol bo‘lib yetishishlari, xalqimiz farovonligi kafolati ekanligini o‘z so‘zlarida faxr va iftixor bilan tilga olib, joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga yakdillik bilan ovoz berishlarini ma’lum qildilar.  Zotan ular bu muhim siyosiy jarayonga befarq emaslar.

Shuningdek, shahardagi sog‘liqni saqlash, pensiya ta’minoti, g‘azna va moliya muassasalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Baratova ushbu sohalar bo‘yicha Konstitutsiyaviy Qonun loyihasidagi  46-, 48- va 63-moddalar bo‘yicha ham tegishli tushuntirishlar berdi. Uchrashuvda qatnashgan soha xodimlari uchun aynan shu moddalarda ko‘zda tutilgan normalarga asosan kelgusida ish olib borishi zarurligi uqtirildi.

  • Ko'rildi
    369
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+