Inson huquq va erkinliklari kafolatlari kuchaytirilmoqda

04.04.2023, 16:30

Inson huquq va erkinliklari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Ayni kunlarda Jizzax viloyatining barcha hududlarida 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum oldidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga tashviqotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. E’tiborli tomoni, ushbu targ‘ibot tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham faollik ko‘rsatmoqdalar.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari – Muhabbat O’rolova, Shamsiddin Karimov, Sabohat Rahmatovalar tashabbusi bilan tumandagi mahalla, ta’lim maskanlari, korxona va tashkilotlarda bir qancha targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Shunday tadbirlardan biri Paxtakor tuman Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bilan tashkil etilib, unda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.

 Tadbirda ta’kidlanganidek,  Yangi Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda.

Xususan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, ushbu muddat ushlab turish qonuniyligi va asosliligi sudda isbotlanmasa, shaxs darhol ozod qilinishi (“Xabeas korpus” instituti) hamda shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”), shuningdek, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi belgilanmoqda. Ushbu qoidalar shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy hibsga olishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.

Deputatlar barcha tadbir ishtirokchilarini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdilar.

Zayniddin Eshqulov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    464
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+