Inson qadri ulug‘langan qomus

10.04.2023, 16:56

Inson qadri ulug‘langan qomus

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyati Guliston shahaidagi Saxovat gipermarketida tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Shoxista Bozorboyeva, viloyat va shahar kengashi deputatlari, Yoshlar parlamentining viloyatdagi a’zolari, faollar, talaba yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zLiDeP yetakchisi yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati va hamda 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendum haqida so‘z yuritdi. Shu bilan bir qatorda hujjatda ta’limga qaratilayotgan e’tibor va belgilanayotgan normalarning kelgusida yosh avlod kamoloti va himoyasi borasida dolzarbligi xususida batafsil to‘xtaldi.

– Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini kafolatlash birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda, – dedi so‘z olgan Shoxista Bozorboyeva. – Loyiha xalq bilan bamaslahat, ularning takliflari inobatga olingan holda ishlab chiqilgani uchun ham xalqchil, davr talabiga javob beradigan hujjat yaratildi. Endi referendumda bunga xalqimiz o‘z munosabatini bildirishi kerak. Agar har bir yurtdoshimiz o‘zining bugungi hayoti va kelajagini o‘ylab ovoz berishda qatnashsa, biz mukammal, yangi O’zbekistonga mos Bosh qonunga ega bo‘lamiz, albatta.

Yakunda deputatlar va partiya faollari ishtirokchilarni
30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda viloyat madaniyat bo‘limi xonandalari, talabalar Vatan, tinchlik haqidagi qo‘shiqlarni ijro etib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Elyor JO’RAYEV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    226
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+