Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!

10.04.2023, 17:00

Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!

O`zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi hamda halq deputatlari tuman Kengashidagi O`zLiDeP  deputatlik guruhi a’zolari – G’anisher Avalboyev va Nigora Asqarova tashabbusi bilan “Nurafshon” mahalla fuqarolar  yig‘ini hududidagi 24- umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbir shunday deb nomlandi.

Tadbirda deputatlar, partiya faollari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda  nogironligi bor fuqarolar ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida deputatlar, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatini targ‘ib qilar ekanlar, davlat o‘z zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashish, majburiyatini olayotganligi ham ijtimoiy davlat tamoyilining yaqqol ifodasi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

- Mamlakatimizda nogironlarga juda katta e’tibor qaratilmoqda. ayniqsa, so‘nggi olti-etti yilda biz doimo davlatimizning, xalqimizning mehr-saxovatini sezib yashayapmiz, - deydi  tadbir ishtirokchisi II – guruh nogironi Zilola Xalilova. -.Yangi Konstitutsiyamizda ilk marotaba davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklayotgani esa bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda huquqiy asos bo‘ladi.

Bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyat hukmron bo‘lgan tadbir davomida el orasida hurmat qozongan tadbirkorlar, nuroniylarning dil so‘zlari, havaskor san’atkorlarning Vatanni, tinchlikni, mehnatni, muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari, dilrabo raqslari yig‘ilganlarga olam-olam quvonch ulashdi.

Tadbir so‘ngida deputatlar barcha mahalla ahlini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chorlab qolishdi.

G’anisher Avalboyev,

O`zLiDeP  Sharof Rashidov tuman

 Kengashi apparat rahbari

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+