Xivalik yoshlar o‘z kelajaklari uchun ovoz bermoqchi

12.04.2023, 15:47

Xivalik yoshlar o‘z kelajaklari uchun ovoz bermoqchi

Xiva shahridagi tibbiyot kollejida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP viloyat kengashi raisi I. Fayzullayev Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligini ta’minlash uchun  kiritilayotgan normalar xususida so‘zladi.

Ota-onalar farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun ham g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.

Aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, joriy yilda “Kafolatlangan xizmatlar paketi” qayta ko‘rib chiqilib, unda 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to‘liq qamrab olinadi.

 Muloqot so‘ngida notiqlar ishirokchilarni 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar. Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda xushovoz san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari orqali to‘planganlarga xush kayfiyat taqdim etishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    131
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+