O‘zLiDePning navbatdagi event tadbiri – Xovosda

13.04.2023, 15:40

O‘zLiDePning navbatdagi event tadbiri – Xovosda

Xabaringiz bor, shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Xovos tumanida ochiq osmon ostida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida tashkil qilindi.

Unda OʻzLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi apparat rahbari Sh. Bozorboyeva, partiyaning tuman kengashi apparat rahbari B. O’ralov, deputat T. Razzoqov, mahalla faxriylari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmaslikni ta’kidlashdi. Shu kunlarda O’zbekistonda judayam qizg‘in jarayon kechayotgani, har jihatdan mukammal, yangilanishlarga mos konstitutsiyaviy-huquqiy asos vujudga keltirilayotganini e’tirof etishdi.

Asosiy qonunimizdan o‘rin olayotgan normalar mamlakatimiz va xalqimiz farovonligi uchun ulkan ahamiyatga ega. Jamiyatimizni liberallashtirish, demokratlashtirish tarafdori bo‘lgan O‘zLiDeP hozirgi jarayonlarda “Biz ochiqlik va oshkoralikni tanlaymiz!”, “Birgalikda ochiq jamiyat sari!” kabi shiorlar bilan yanada faollashmoqda. Siyosiy kuchning g‘oyat faolligi nafaqat konstitutsiyaviy islohotlarning tashabbuskorlaridan biri ekanligi bilan, balki asosiy qonun takomillashtirilishi asosida turuvchi g‘oyalar partiya dasturiy qarashlariga hamohang ekanligida hamdir.

Notiqlar qayd etganidek, hujjatda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlarni olmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda. Ilk marotaba davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda.

- Shunday ekan, xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol bo‘lib, yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz beraylik, – dedi siyosiy kuch mas’ullari tadbir yakunida.

Tadbir konsert dasturiga ulandi, estrada xonandalarning kuy-qo‘shiqlari tomshabinlarga zavq ulashdi.

Elyor JO’RAYEV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

bo‘lim boshlig‘i

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+