Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli

14.04.2023, 14:55

Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Runamteks” korxonasida yangi tahrirdagi Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, partiyaning parlamentdagi fraksiyasi a’zosi Mavluda Xo‘jayeva, senator Ikromxon Najmiddinov ishtirok etdi.

Notiqlar o‘z so‘zida ta’kidlaganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda.

Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi mustahkamlanmoqda. Mazkur norma investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.

- E’tibor bering, tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda, – dedi Mavluda Xo‘jayeva. – Konstitutsiyamizga mazkur qoidaning kiritilishi erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” degan tamoyilga asoslanadi.

O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanmoqda.

Shu bois barchani 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda faol bo‘lishga chaqirishdi.

  • Ko'rildi
    205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+