Xalq va jamiyat – o‘zgarishlar va islohotlar tashabbuskori

17.04.2023, 15:54

Xalq va jamiyat – o‘zgarishlar va islohotlar tashabbuskori

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Jizzax viloyatida ham 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum oldidan  Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan ommaviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri – Yangiobod tumanida ham tashkil etildi. “Xalq va jamiyat – o‘zgarishlar va islohotlar tashabbuskori” deb nomlangan mazkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda mahalliy Kengashlardagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va maslakdoshlarimiz ham faol ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan deputatlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekanlar, so‘nggi olti-etti yilda tumanda bo‘layotgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratdilar.

Yangiobod viloyatning eng chekka tumanlaridan biri bo‘lib, qo‘shni Tojikiston bilan chegaradosh hisoblanadi. Bu yerda 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Jadal davom etayotgan islohotlar samarasi yangiobodliklar hayotida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi kunda bu yerda 14 ta qo‘shma va xorijiy korxonalar, 70 dan oshiq kichik sanoat korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yuzlab aholining bandligini ta’minlash imkonini berdi. Obodonchilik va bunyodkorlik jarayonlari sabab, tuman kundan kunga chiroy ochmoqda.

- Bundan olti-etti yil muqaddam chegaralarimiz yopiq. Qon-qardosh ikki xalq o‘rtasidagi aloqalar deyarli uzilish darajasiga yetib qolgan edi, - deydi tadbir ishtirokchisi, O`zLiDeP faoli Sodiq Boboyev. – Bugungi kunga kelib, bu aloqalar qaytadan tiklandi. Bugun hayotimizga farovonlik olib kelayotgan bu o‘zgarishlarning barchasi Bosh Qomusimizda muhrlab qo‘yilmoqda. Shuning uchun, yangiobodliklar 30 aprel kuni referendumda faol ishtirok etib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab ovoz berishlariga ishonaman.

O’tayotgan kunidan rozilik, ertangi kuniga ishonch, shukronalik tuyg‘ulari aks etgan bu kabi dil so‘zlarini katta-yu kichik barchadan eshitish mumkin edi.  

Tadbir so‘ngida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, dilrabo raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+