Yangilanayotgan Konstitutsiya: kambag‘allik qisqartiriladi, bandlik ta’minlanadi!

18.04.2023, 17:10

Yangilanayotgan Konstitutsiya: kambag‘allik qisqartiriladi, bandlik ta’minlanadi!

O‘zLiDeP Shayxontohur tuman kengashi va O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘zaro hamkorlikda tadbir tashkil qildi.

Unda akademiya rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Nodir Jumayev, Sanjar Hamidullayev, Xalq deputatlari Shayxontohur tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Odiljon Ashirov va talabalar ishtirok etdi.

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!”, “Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tishdi.

Ta’kidlanganidek, hujjatda mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida O’zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu prinsipial qoidalarni o‘zgartirish mumkin emasligi alohida belgilab qo‘yilmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda.

Uchrashuv jarayonida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi  va javob olishdi.

Taomilga binoan muloqot so‘ngida spikerlar barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    167
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+