So‘nggi yillardagi islohot va o‘zgarishlar e’tirof etildi

25.08.2023, 16:23

So‘nggi yillardagi islohot va o‘zgarishlar e’tirof etildi

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayramini munosib tashkil etish hamda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida Andijon viloyatining barcha jabxalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.

O'zLiDeP Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan partiyaning Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sardor Maripov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Toxirjon Axmadaliyev, Odinaxon Otaxonova, mahalliy kengash deputatlari, faxriylar, yoshlar parlamenti, ayollar faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, partiya viloyat kengashi raisi Xurshida Xalilova barcha ishtirokchilarni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan jonajon xalqimizning 32 yil davomida bosib o‘tgan yo‘li hamda erishilgan yutuqlari xaqida e’tiroflar aytildi. Ayiqsa, so‘ngi yillarda yurtboshimiz yetakchiligida amalga oshirilgan ulkan islohotlar natijasida Yangi O’zbekistonni bunyod etilayotganini hamda dunyo ahli bu jarayonni katta qiziqish va hayrat bilan kuzatib borayotganligi takidlandi.

- Istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi, – deydi viloyat nuroniy kengashi raisi O’ktamjon Axunov.

  • Ko'rildi
    333
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+