Xitoy bilan partiyalararo hamkorlik

15.09.2023, 16:41

Xitoy bilan partiyalararo hamkorlik

Joriy yilning 11-15 sentabr kunlari O’zLiDeP delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga safari amalga oshirildi. Bu partiyalararo munosabatlarni  yanada chuqurlashtirish, shuningdek, siyosiy  partiyalarning  davlat boshqaruvi jarayonlaridagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashish amaliyotini kengaytirishga hissa qo‘shadi. 

Tashrif doirasidagi asosiy voqea Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi a’zosi, Sinxay provinsiyasining partiya qo‘mitasi  kotibi Chen Gan bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv bo‘ldi. Unda Xitoy yetakchisi Si Szinpin tashabbuslarini mamlakat hududlarida amalga oshirish doirasida Xitoyning taraqqiyot tajribasi batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari dasturga ko‘ra, “Xitoy modernizatsiyasi: jamiyat va tabiat uyg‘unligi” mavzuidagi partiyalararo xalqaro konferensiyada ham ishtirok etdi. Unda atrof-muhitni  muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Umuman olganda, O’zLiDeP delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga safari samarali, amaliy va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi va ushbu safar delegatsiya a’zolariga Xitoy kommunistik partiyasining turli sohalardagi vazifalarining amaliy ijrosini joyida ko‘rish imkonini berdi.

Umid Abdurahmonov,

O’zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimi

  • Ko'rildi
    110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+