Kengash faoliyati tahlil qilindi

20.09.2023, 12:44

Kengash faoliyati tahlil qilindi

Har bir sohada rivojlanish, o‘sish bo‘lishi uchun albatta sarhisob qilinishi lozim. Mazkur jarayonda kerak bo‘lsa, yaqindan ko‘mak berilib, ish unumi ortishiga yordam berish yaxshi natijalarga olib keladi.  Shu ma’noda bugun O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi joylardagi hududiy kengashlar faoliyatini o‘rganishga kirishdi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi X.Umirov ham partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashida xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Unda O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi raisi A.Ro‘ziyev bilan birgalikda  partiya faoliyati tahlil qilindi hamda tuman Kengashlarining ish faoliyatini o‘rganish va ish samaradorligini oshirish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi. Tuman hududiy kengashlariga mas’ullarga esa tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, ishchi guruh vakillari belgilangan topshiriq yuzasidan O’zLiDeP Denov tuman Kengashi faoliyatini o‘rganishga kirishdi. Asosan,  tuman kengashi binosi,  xodimlarga yaratilgan sharoit va ularning moddiy texnika bazasi, tumanda partiya vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilib, amaliy yordam beriladi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+