Istiqbolli kadrlar zaxirasi shakllantirilmoqda

28.09.2023, 12:19

Istiqbolli kadrlar zaxirasi shakllantirilmoqda

O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida “Yangi avlod kadrlari loyihasi doirasida: “Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda O’zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputati Tohir Abzoirov talaba yoshlarga partiyamizning maqsad-vazifalari haqida so‘zlar ekan, bugungi kunning yoshlari ertangi kunning egasi sifatida tashabbuskor bo‘lishlari lozimligini aytib o‘tdi.

Partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yoshlarning bilimi, saviyasi, tashkilotchilik qobiliyatlari o‘rganildi. Suhbat jarayonida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yosh istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+