Tilni asrash – elni asrashdir
19.10.2023, 15:41
O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Janubiy kon boshqarmasi Zarkent shaharchasidagi madaniyat maskanida o‘zbek tili bayrami bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida mamlakatimiz oltin xazinasiga hissa qo‘shib kelayotgan kon xodimlari o‘rtasida diktantlar tanlovi o‘tkazildi. G’oliblarga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. So‘ng bilimdonlarning viktorina savollariga tezkor va aniq javob berganlari rag‘batlantiridi. Tizimda mehnat qilayotgan ishchi xodimlar farzandlarining badiiy chiqishlari bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida tilimizni asrash, uning go‘zalligi va nafisligini anglash hamda kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas vazifamiz ekani ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring